Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bukmekerlik yana taqiqlandi

Bukmekerlik yana taqiqlandi

O‘zbekistonda bukmekerlik, totalizator o‘yinlari yana qaytadan taqiqlangan. Bu haqda prezident farmoni imzolangan.

Prezidentning 2022 yil 6 apreldagi 98-son farmoni bilan 2019 yil 4 dekabrdagi PF-5887-son farmonda keltirilgan, 2021 yil 1 yanvardan boshlab sport sohasini, ayniqsa, futbolni yanada rivojlantirish maqsadida bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish haqidagi qismi bekor qilingan.

O‘zbekistonda bukmekerlik bilan shug‘ullanishga 2021 yildan ruxsat berilgan edi. Ammo so‘nggi paytlarda aynan totalizatorni deb ko‘pchilik firibgarlikka, aldovga qo‘l uryapti, qarzga botib ketyapti va hatto o‘zini o‘ldirishgacha boryapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring