Surxondaryoda «Tramadol» sotuvchisi qo‘lga olindi
12 yanvar kuni Surxondaryo viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi Tog‘li va chegaradosh hududlar tezkor bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi hamda Denov tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan tumanning «Bog‘inav» mahallasi hududida tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida shu mahallada yashovchi K.A. mijozga 30 pachkada 296 dona «Tramadol» psixotrop moddasini 100 (yuz) AQSh dollari va 1.660.000 (bir million olti yuz oltmish ming) so‘mga sotayotgan vaqtida ushlanib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. K.A.dan olingan «Tramadol» tabletkalari giyohvandlik vositasi ekanligi va sof vazni 14,8 gramni tashkil qilishligi aniqlangan.
18 yanvar kuni K.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berib o‘tdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter