Karantin davrida «tramadol» sotgan shaxs yigirma yilga qamalishi mumkin
Qo‘qon shahrida 11-aprel kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro N.S. «maxsus xaridor»ga 5 ta konvalyutadagi, 50 dona «tramadol» tabletkalarini 550.000 so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, N.S.ga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter