Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda singil akasini IIBga topshirdi

Surxondaryoda singil akasini IIBga topshirdi

Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumanida 2021-yilning 26-fevral kuni Jarqo‘rg‘on tumani «Surxon sohili» mahallasida yashovchi, M.Q. tuman IIBga ariza bilan murojaat qiladi.

Unda 2018-yil oktyabr oyida, shu tumanda yashovchi, akasi, A.B. unga yog‘ mahsulotlarining savdosi bilan shug‘ullanib, foydasidan har oyga 9 000 000 (to‘qqiz million) so‘mdan berib turishini va’da qilib jami 137 000 000 (bir yuz o‘ttiz yetti million) so‘m pullarni yashash uyida olib, bergan va’dasini bajarmasdan ushbu pullarni o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma’lum qilgan.

20-mart kuni o‘z singlisidan uzoq vaqtdan buyon firibgarlik yo‘li bilan olgan pullarini qaytarib bermasdan kelayotgan A.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring