Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sug‘urta kompaniyasi fuqaroga 191 mln so‘m tovon to‘laydigan bo‘ldi

Sug‘urta kompaniyasi fuqaroga 191 mln so‘m tovon to‘laydigan bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga fuqaro B.I. sug‘urta shartnomasi bo‘la turib, sug‘urta tovoni to‘lab berilmayotganidan norozi bo‘lib murojaat qildi.

Arizada ko‘rsatilishicha u tog‘-kon metallurgiya sohasida 6 yil 10 oy davomida ishlab kelgan. Sog‘lig‘ining yomonlashgani, yo‘tal, ko‘krak qafasi, bo‘yin va beldagi kuchli og‘riqlar hamda kuchli zaiflik sababli Sog‘liqni saqlash vazirligining Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi. Unga institut tomonidan 2022-yil 6-yanvar kuni Silikoz — bronx-o‘pka apparatining kasbiy kasalligi tashxisi qo‘yilgan.

O‘rganish davomida 2021-yilning 23-iyun kuni murojaatchi faoliyat yuritgan korxona va sug‘urta kompaniyasi o‘rtasida «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish» shartnomasi tuzilgani aniqlandi.

Murojaatchining kasb kasalligini orttirib olganligi fakti bo‘lsa ham uning murojaati sug‘urta kompaniyasi xodimlari tomonidan e’tiborsiz qoldirilgan.

Shundan so‘ng, ombudsman tomonidan sug‘urta kompaniyasiga fuqaro B.I. sug‘urta shartnomasining yuridik kuchga ega bo‘lgan davrida kasb kasalligini orttirib olganiga yetarli asoslar borligi va shu nuqtai nazardan shartnoma majburiyatlarining bajarilishi bo‘yicha taqdimnoma kiritilgan.

Taqdimnoma natijalariga ko‘ra, fuqaro B.I. kasb kasalligini orttirib olgani sug‘urta hodisasi deb hisoblanib, unga jami 191 million so‘mdan ortiq sug‘urta tovoni to‘lanishi belgilandi.

Hozirda murojaatchiga 118 million so‘mga yaqin sug‘urta tovoni to‘lab berilgan. Sug‘urta tovonining qolgan 73 million so‘mdan ortiq qismi oyma-oy to‘lanishi ma’lum qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring