Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sudlanuvchining Qibraydagi dang‘illama uylari 8,5 milliard so‘mga sotildi

Sudlanuvchining Qibraydagi dang‘illama uylari 8,5 milliard so‘mga sotildi

Davlat mulkini talon-toroj qilish, o‘g‘rilik, qing‘ir ishlar baribir ertami kech yuzaga chiqadi.

Majburiy ijro byurosining Qibray tuman bo‘limi ish yurituviga jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining ijro varaqasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksning 167-moddasi 3-qismi «a, v» bandlari va boshqa moddalari bilan sudlangan S.Z. va boshqalarga oid jinoyat ishi bo‘yicha 7 mlrd. 712. mln. so‘m baholangan Toshkent viloyati, Qibray tumanidagi 2 dona uy, ushbu uylar ichida bo‘lgan 820 mln. 899 ming so‘mga baholangan tovar-moddiy boyliklarni davlat foydasiga musodara qilish to‘g‘risidagi ish hujjati kelib tushgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida ushbu uylar hamda uy ichida bo‘lgan tovar-moddiy boyliklari xatlangan.

So‘ng davlat ijrochisi  elektron-onlayn auksionga sotuvga chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilgan va  sotuvga chiqarilgan ko‘chmas mulk ob’yekti 8 mlrd. 533 mln. so‘mga sotilib, sotuvdan tushgan pul mablag‘lari davlat foydasiga o‘tkazilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring