Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Solixon domla qamaldi 

Solixon domla qamaldi 

Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon Ortiqxo‘jayev 15 sutkaga qamaldi.

Toshkent shahar sudlarining ma’lum qilishicha, Solixon Ortiqxo‘jayev Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topilgan.

Unga 15 sutka ma’muriy qamoq va bazaviy hisoblash miqdorining 1  baravari, ya’ni 340 000 jarima jazosi tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring