Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soliq boshqarmasi tomonidan noqonuniy undirilgan 50 mln so‘m egasiga qaytarildi

Soliq boshqarmasi tomonidan noqonuniy undirilgan 50 mln so‘m egasiga qaytarildi

Foto: Ruadvocate.ru

Samarqand viloyatida faoliyat yurituvchi nomi oshkor bo‘lishini istamagan tadbirkor soliq boshqarmasi mansabdor shaxslaridan norozi bo‘lib Biznes-ombudsmanga murojaat qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil rasmiy kanalida xabar berilishicha, viloyat soliq boshqarmasi tomonidan Jamiyatning bir qator boshqa tadbirkorlik sub’yektlari bilan tuzgan shartnomalari qalbaki (ko‘zbo‘yamachilik bitimi) deb hisoblangan va Jamiyatdan qariyb 50 million so‘m undirish to‘g‘risida asossiz qaror qabul qilingan.

Soliq kodeksining 14-moddasida huquqni suiiste’mol qilish, bitim qalbakiligi (ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilgani) holatlarini aniqlash, shuningdek ularning oqibatlarini qo‘llash soliq organlari tomonidan, soliq to‘lovchi norozi bo‘lgan taqdirda esa soliq organlarining da’vosi bo‘yicha sud tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Ushbu holat yuzasidan Biznes-ombudsman tomonidan Samarqand tumanlararo ma’muriy sudiga kiritilgan shikoyat asosida Samarqand viloyat Davlat soliq boshqarmasining tadbirkor faoliyatida aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan qabul qilingan qarori haqiqiy emas deb topildi va Jamiyatdan noqonuniy undirilgan mablag‘lar qaytarib berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring