Siz sotib olgan televizor buzuq chiqdi. Nima qila olasiz?
Ba’zan yangi sotib olingan mahsulot buzuq yoki yaroqsiz bo‘lib chiqishi mumkin. Bunday vaqtlarda iste’molchida qanday huquq bo‘ladi.
Nuqsonli tovar sotilganda iste’molchi, agar bu hol shartnoma tuzish paytida aytib o‘tilmagan bo‘lsa, o‘z xohishiga qarab quyidagilardan birini talab qilishga haqli:
— tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berish;
— tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilish;
— tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish yoki nuqsonlarni bartaraf etishga qilingan xarajatlarni qoplash;
— xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish;
— shartnomani bekor qilib, ko‘rilgan zararni qoplash.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter