Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sim o‘g‘risi ayol bo‘lib chiqdi

Sim o‘g‘risi ayol bo‘lib chiqdi

Foto: «Glas.ru»

2021-yil 30-iyun kuni Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qildi. U shu yil 30-iyun kuniga o‘tar kechasi Namangan shahrida joylashgan qurilish mollari savdo do‘koni tashqi tomonida qarovsiz qoldirganligidan foydalangan noma’lum shaxs narxi 2.996.500 so‘mlik mis simlarni o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Namangan shahar IIO FMB Yangi Namangan TIIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 2-iyul kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring