Shirin shahrida qo‘shmachi ayol qo‘lga olindi. U qizlarni bu yo‘lga majburiy tartibda jalb qilganlikda ayblanmoqda
Sirdaryo viloyati IIB TEQKB va Shirin shahar IIB xodimlari tomonidan Shirin shahar hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu tezkor tadbir davomida Shirin shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro A.R tomonidan joriy yilning 9-sentyabr kuni, Boyovut tumanida yashovchi fuqaro Q.H ni majburiy tartibda jinsiy aloqa qilishi uchun tadbirda mijoz sifatida ishtirok etgan Guliston tumanida yashovchi S.Sh dan 5 dona 100.000 so‘m kupyuradagi jami 500.000 so‘m miqdordagi pullarni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Shirin shahar IIB Tergov guruhi tomonidan fuqaro A.R ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter