Sergelida «zakladchik» qo‘lga olindi
Sergeli tumanida olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida «zakladchik»lar qo‘lga olindi.
Sergeli tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash hamda sotish holatlariga chek qo‘yishga qaratilgan profilaktik tadbirlar davomida 26 yoshli To‘lqinjon K. ushlangan.
Fuqaro xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning yonidan 13 dona paketlarga qadoqlangan umumiy og‘irligi 3,9 gramm bo‘lgan sintetik giyohvandlik moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, ushbu shaxs tomonidan turli xil joylarga 5 ta «zakladka» joylashtirgani ma’lum bo‘ldi. Sergeli tumani IIO FMB Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan mazkur joylar aniqlanib, u yerdan yana 1,5 gramm giyohvandlik moddalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter