Rashk sababli boshlangan janjal pichoqbozlik bilan yakunlandi
Jizzax. 2020 yil 09 fevral kuni taxminan soat 20:45 da muqaddam sudlangan 52 yoshli Q.A., o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan 39 yoshli D.J (ayol)ning yashash xonadoniga borib, D.J.ning bugungi kundagi turmush o‘rtog‘i 67 yoshli F.X. bilan o‘zaro rashk tufayli tortishib qolgan. Natijada Q.A. o‘zi bilan olib kelgan pichoqni F.X.ning qorin sohasiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan va shu pichoq bilan o‘ziga ham jarohat yetkazgan.
Natijada F.X. va Q.A. lar olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilishgan.
Mazkur holat yuzasidan Zarbdor tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti
Manba: tergov.uz
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter