Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramazon oyida ichkilikbozlik qilishning oqibati mushtlashuv va o‘lim bo‘ldi

Ramazon oyida ichkilikbozlik qilishning oqibati mushtlashuv va o‘lim bo‘ldi

2020 yilning 6 may kuni soat 18:30 da Qashqadaryo viloyati, Koson tumanida yashovchi fuqaro 19 yoshli U.D. Qarshi shahar «Yerqo‘rg‘on» dehqon bozorida aravakashlik bilan shug‘ullanuvchi, Qamashi tumanida yashovchi 47 yoshli A.X. bilan ulfatchilik qildi. Ular oldindan tanish bo‘lgan.

Ulfatchilik Qarshi tumani «Saroy» qishlog‘i Saroy ko‘chasidagi qurilishi tugallanmagan binoning oldi tomonidagi maydonda bo‘ldi. Spirtli ichimlik ta’sirida ulfatchilik mushtlashuvga aylandi. A.X. uyatli so‘zlar bilan U.D.ni haqorat qiladi. U esa javoban chap qo‘li bilan A.Xning jag‘, yuz va bo‘yin sohalariga bir necha marotaba qasddan mushtlab, tan jarohatlari yetkazadi.

Oqibatda A.X. og‘ir tan jarohati olishi natijasida hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan.

Holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 4-son IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (odam o‘limiga olib kelishiga sabab bo‘lgan badanga qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring