Quva tuman hokimi o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi xodimlari tomonidan DXX Farg‘ona viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda «G.S.» MChJ rahbari U.ning murojaatiga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Quva tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari X.R. va tuman kadastr bo‘limi mutaxassisi Sh.Q. tumandagi maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’mirlash ishlarini bajarish majburiyatini «G.S.» MChJ zimmasiga yuklash evaziga «G.S.» MChJ rahbari U.dan kelishilgan 1500 AQSh dollaridan 1000 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari X.R. va kadastr bo‘limi mutaxassisi Sh.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter