Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qurilish kompaniyasi toshkentlik fuqaroga 1,1 mlrd. so‘mdan ortiq kompensatsiya to‘ladi

Qurilish kompaniyasi toshkentlik fuqaroga 1,1 mlrd. so‘mdan ortiq kompensatsiya to‘ladi

Фото: «Xabar.uz»

Katta miqdoridagi kompensatsiya puli Toshkentda xonadoni buzilishga tushgan fuqaro hisobiga qurilish tashkilotidan undirib berildi.

Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 2022 yil 21 oktyabrdagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Mirobod tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan.

«Xabar.uz»ga MIB matbuot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latovning ma’lum qilishicha, olib borilgan majburiy ijro harakatlari jarayonida qarzdor «N.U. SERVICE» MChJ tomonidan S.Kamalov foydasiga 1 mlrd. 174 mln. 557 ming so‘m miqdorida kompensatsiya puli to‘liq undirilib, undiruvchining hisob raqamlariga o‘tkazilgan va ijro ishi yakunlangan.

Qo‘shimcha qilinishicha, MIB Toshkent shahar boshqarmasiga kompensatsiya undiruvlariga oid  jami 106 ta 128 mlrd. so‘mlik ijro kelib tushgan bo‘lib, shundan 64 ta ijro ishlari amalda tamomlanib, 107 mlrd. so‘m miqdoridagi kompensatsiya undirib berilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring