Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryolik shaxs afg‘onistonlikni 53 ming dollarga tushirdi

Qashqadaryolik shaxs afg‘onistonlikni 53 ming dollarga tushirdi

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi fuqaro E.N. Afg‘oniston fuqarosi H.G‘.dan 2021 yilda tojik kovragi smolasini yetkazib berishni va’da qilib, uni ishonchiga kirib, undan 53,5 ming AQSh dollari miqdorida pullarni olib, tojik kovragi smolasini yetkazib bermagan va pul mablag‘ini ham bermasdan, aldab kelgan.

Prokuratura organlari tomonidan H.G‘.ning murojaati o‘rganilib, natijasiga ko‘ra E.N.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari Bosh prokuratura tomonidan olib borilmoqda.

Dastlabki tergov davomida, xorijiy davlat fuqarosi H.G‘.ga yetkazilgan zararni hisobiga 500 mln. so‘mga yaqin mablag‘lar undirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring