Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

5 yilga qamalgan talaba ozodlikka chiqarildi

5 yilga qamalgan talaba ozodlikka chiqarildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining 2023 yil 30 yanvardagi hukmi bilan S. Rahmonqulov (2001 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti 4-kurs talabasi, muqaddam sudlanmagan) Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi «g» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.

Bugun, 2 mart kuni Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida sudlanuvchi S. Rahmonqulovning himoyachisi tomonidan keltirilgan apellyasiya shikoyati asosida ushbu jinoyat ishi apellyasiya tartibida ko‘rib chiqildi.

Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasining 2023 yil 2 martdagi ajrimiga muvofiq birinchi instansiya sudining hukmi o‘zgartirilib, S. Rahmonqulovga tayinlangan 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi Jinoyat kodeksining 72-moddasi (shartli hukm qilish) qo‘llanilgan holda shartliga o‘zgartirilib, 2 yil sinov muddati belgilandi va u sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

Shuningdek, Jinoyat kodeksining 62-moddasi (ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i vaqtini hisobga olish qoidalari) tartibida S. Rahmonqulovning 7 oy 9 kun qamoqda saqlanganligi inobatga olinib, asosiy jazodan chegirib tashlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring