Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentga murojaatdan so‘ng Xo‘jaobod hokimi ishdan olingani aytilmoqda

Prezidentga murojaatdan so‘ng Xo‘jaobod hokimi ishdan olingani aytilmoqda

Foto: «Codelessplatforms.com»

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonning Xo‘jaobod tumani hokimi Otabek Rasulov lavozimidan ozod etilgani haqida xabar tarqaldi. Hali rasman tasdiqlanmagan shu mazmundagi xabarlarga ko‘ra, hokimning faoliyatidan norozi bo‘lgan mahalliy kengash deputatlarining Prezidentga murojaatidan so‘ng masala respublika rahbarlik idoralari tomonidan o‘rganilgan. Natijada  O. Rasulovni vazifasidan ozod etish lozimligi haqida xulosaga kelingan.

Bundan tashqari, Asaka tuman hokimi ham lavozimidan olingani haqida xabarlar bor. Mazkur xabar ham hali rasman tasdiqlangani yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring