Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pochchasi jasadini kanalga oqizib yuborgan yigit hibsga olindi

Pochchasi jasadini kanalga oqizib yuborgan yigit hibsga olindi

Illyustrativ foto

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Qizlartepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan oqib o‘tuvchi kanaldan tan jarohatlari yetkazilgan jasad topildi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Marhum Sharof Rashidov tumani Sovungarlik mahallasida yashagan, 1978-yilda tug‘ilgan, kirakashlik bilan shug‘ullangan U.X. bo‘lib chiqdi. Sud tibbiy ekspertizasi o‘limga bosh miya sohasining yopiq jarohati hamda miya to‘qimalariga qon quyilishi sabab bo‘lganligini ko‘rsatdi.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor surishtiruvlar natijasida jinoyatni u bilan birga istiqomat qiluvchi, qaynisi, 1993-yilda tug‘ilgan S.A. sodir etganligi aniqlandi. Ayblanuvchi janjal tufayli pochchasini o‘ldirib qo‘ygan va jasadni marhumga tegishli avtomashinada kanalga olib borib tashlagan. Avtoulovni esa ko‘zdan pana joyda qoldirgan.

Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni vaqtda S.A. hibsxonada.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring