Piskentda marhumlar «qo‘li» bilan 85,8 mln. so‘m pensiya puli o‘zlashtirildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda o‘zlashtirishning antiqa usuli fosh etildi.
Gap shundaki, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Piskent tuman bo‘limi bosh inspektori Sh.M., ATB «Xalq banki» Piskent tuman filiali sayyor kassa kassiri U.X. va boshqalar bilan oldindan til biriktirib, har oyda pensiya pullari tarqatish uchun tuziladigan to‘lov qaydnomalariga vafot etganligi kiritilgan fuqarolarning pensiya pullarini davlat foydasiga qaytarmasdan, 142 nafar marhumlar nomidan o‘zlari imzo qo‘yishib, 85,8 mln. so‘m pensiya pullarini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilishganliklari aniqlandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter