Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Parkent hokimi «Kaptiva»ni qaytardi. Biroq...

Parkent hokimi «Kaptiva»ni qaytardi. Biroq...

Illyustrativ foto

Yaqinda qator OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Parkent tumani hokimligi «Mega Karer» MChJdan 260 mln. so‘mga «Kaptiva» rusumli avtomobil sotib olingani, mazkur «oldi-sotdi» tuman rahbari va uning o‘g‘liga tegishli firma o‘rtasida bo‘lgani haqida yozilgandi. Mazkur «operatsiya»da davlat hokimiyati vakilining o‘z mansabidan foydalangan holda korrupsiyaga yo‘l qo‘yish alomatlari mavjudligi e’tiboridan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazishni so‘rab O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga so‘rovnoma yuborgan edi.

Bugun agentlikda o‘tkazilgan matbuot anjumanida shu masalaga ham to‘xtalib o‘tildi. Aytilishicha, shov-shuvlardan so‘ng tuman hokimligi «Kaptiva»ni qaytarib, to‘lagan pulni hisob raqamiga tushirib olgan. Biroq bu ish «yopildi» degani emas. O‘rganishlar davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring