Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda ushlangan avtobus egasi Qozog‘istonga topshirildi

O‘zbekistonda ushlangan avtobus egasi Qozog‘istonga topshirildi

Foto: «Tengrinews.kz»

Qozog‘istonda 52 o‘zbekistonlik yonib ketgan avtobus egasi O‘zbekistondan Chimkentga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda «Tengrinews.kz» xabar berdi.

Qozog‘iston bosh prokuraturasi xodimlari va IIV xodimlari jinoiy javobgarlikka tortish uchun O‘zbekistondan Orduxan Mextiyevni ekstraditsiya qilishgan (ya’ni qidiruvdagi shaxsni Qozog‘istonga olib borishgan). Ushbu shaxs Oqto‘bada yonib ketgan 52 o‘zbekistonlik o‘limiga olib kelgan texnik nosoz bo‘lgan avtobusda odam tashiganlikda ayblanmoqda.

O‘sha fojiadan keyin u O‘zbekistonda yashiringan edi. 2018-yil 1-dekabr kuni u Toshkent shahar Sergeli tumanida birgalikda o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirida ushlangandi.

9-noyabr kuni Oqto‘ba fojiasi bo‘yicha sud uch nafar avtobus haydovchisiga hukm chiqarib, ularga 5 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlagandi. Transport kompaniyasi ta’sischisi va mexanik esa 3,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.

Bundan tashqari, sudlanuvchilar halok bo‘lgan 52 nafar o‘zbekistonlikning oila a’zolariga 2 million tengedan (44 480 000 so‘mdan) miqdorida tovon puli to‘laydilar.

5-dekabr kuni O‘zbekiston Bosh prokurori Otabek Murodov fuqarolar ekstraditsiyasi va jinoiy daromadlarni qaytarish bo‘yicha Qozog‘iston Bosh prokurori bilan muzokara o‘tkazgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring