OLXda «in qurgan» yana bir firibgar qo‘lga olindi
Jizzax viloyatida yashovchi 28 yoshli R.B. olx.uz veb-sahifasi orqali e’lon bo‘yicha noma’lum shaxs bilan gaplashib, ijaraga uy olish maqsadida oldindan to‘lov sifatida jami 700.000 so‘m pullarni o‘tkazib beradi.
Ko‘rsatilgan manzilga borganida esa, aldanganini tushunib yetadi.
IIV Kiberxavfsizlik markazi ma’lum qilishicha, jabrlanuvchining arizasi asosida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent shahar, Yunusobod tumanida yashovchi 22 yoshli S.S. e’lonlar veb-sahifasiga soxta xabar joylagan holda amalga oshirganligi aniqlangan.
Firibgarlik sodir etgan S.S. O‘zR JKning 168-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.
Qonunga muvofiq, S.S. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter