Oliy sud va Bosh prokuratura vakillari rosa «terlashdi»
Kecha, 21-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida sodir etgan og‘ir jinoyatlari uchun uzoq yillardan beri jazo o‘tayotgan 23 nafar ayolning jinoyat ishlari nazorat tartibida ko‘rib chiqildi.
Ochiq sud majlisiga yaqinda Oliy sud raisi o‘rinbosari etib saylangan Ikrom Muslimov raislik qilgan bo‘lsa, davlat ayblovchisi sifatida Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimida ish boshlaganiga ko‘p bo‘lmagan Svetlana Ortiqova qatnashdi.
Og‘ir jazolarga oid jinoyat ishi hujjatlari bir necha jildlarni tashkil etishi ma’lum. Ularning har birini nazorat tartibida o‘rganib, muayyan xulosaga kelish hazilakam ish emas. Bugungi ochiq sud majlisida ishtirok etgan boshqa mas’ullarning (xususan, Xotin-qizlar qo‘mitasi vakillarining) mehnatini e’tirof etgan holda aytish mumkinki, asosiy yuk eski ishxonalarida yangi lavozimga tayinlangan ikki mulozim zimmasiga tushishi tayin edi (nayzaning uchi bo‘lish osonmi?). Shundan kelib chiqilsa, kechagi og‘ir sud jarayonida Oliy sud raisi va Bosh prokurorning yangi o‘rinbosalarini yaxshigina «terlagani»ni tasavvur qilish emas.
Ochiq sud majlisi salkam uch soat davom etdi. Bir qarashda buncha vaqt 23 nafar mahkumaning «ishi» ko‘rib chiqishga kamlik qiladi, albatta. Biroq «ish»lar yumaloq-yostiq qilib ko‘rilgani yo‘q. Bunday sud majlisilariga yaxshigina vaqt tayyorgarlik ko‘rilishi ma’lum. Jiddiy tayorgarlik ko‘rilganiki, unda mahkumalar qanday jinoyatlar sodir etishgani, uzoq yillardan beri «o‘tirish»ga mustahiq etgan qilmishlarga qo‘l urishining tub sabablariga oydinlik kiritib, tayinlangan jazolar qanday omillarga asosan kamaytirilganidan tashqari, bir necha marta sudning qora kursisiga o‘tirishga ulgurgan ojizalar yana jinoyat ko‘chasiga kirmasligiga berilgan kafolatlargacha muhokama etildi. Bu esa o‘tgan sud jarayonlarini ikki-uch chizgilar bilan ifodalab bo‘lmasligi ko‘rsatadi.
«Xabar.uz»ni kuzatib boring, bo‘lib o‘tgan sud ochiq sud majlisi haqida atroflicha tasavvur beradigan maqola hademay e’tiboringizga havola etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter