Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy sud qo‘lga olingan jurnalist bo‘yicha yakuniy hukmni e’lon qildi

Oliy sud qo‘lga olingan jurnalist bo‘yicha yakuniy hukmni e’lon qildi

Foto: Xabar.uz

Toshkentda IIB xodimlari tomonidan jurnalist Mixail Dovlatov qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar tarqaldi. 

Oliy sud bergan axborotga ko‘ra, jurnalistga nisbatan ochilgan ish tugatilgan. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudining 2023 yil 16 yanvardagi qaroriga muvofiq Mixail Dovlatov (1986 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, «Novosti Uzbekistana» internet-nashri muxbiri)ning harakatida ma’muriy huquqbuzarlik alomati yo‘qligi sababli, unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi bilan yuritilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish MJtKning 271-moddasi (ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlar) 1-bandiga asosan tugatildi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring