Nukus voqealari: chiqarilgan hukmdan shikoyat bo‘yicha sud boshlandi
Bugun Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining 2023 yil 31 yanvardagi hukmi ustidan sudlanuvchilar D. Tadjimuratov, P. Shamshetov (marhum), S. Kalimov, S. Kaipov, A. Temirxanov, S. Medetov, N. Sultamuratov, A. Tokimbetov, R. Bekmuratov, B. Seytniyazov, A. Adilbekov, P. Nurniyazov, N. Nayipov, B. Kadirbergenov, D. Djiyemuratov, Q. Seytimov va ularning himoyachilari tomonidan kiritilgan shikoyati hamda prokuratura tomonidan hukmning sudlanuvchilar L. Kallixanova, A. Turdanov, A. Smetullayev va A. Nuratdinovga oid qismiga nisbatan keltirilgan protest asosida mazkur jinoyat ishining ushbu sudlanuvchilarga oid qismini apellyasiya tartibida ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlandi.
Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Jinoyat ishi Oliy sud sudyasi A. Bekmanov raisligida hamda sudyalar S. Mamadaliyeva va A. Utayevdan iborat sud tarkibida ko‘rib chiqilmoqda.
Keyingi sud majlisi 10 may kuni o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter