Noreal qarzdorlikka yo‘l qo‘ygan mas’ullarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
«Toshissiqquvati» mas’ullari 110,5 mln so‘mlik noreal qarzdorlik vujudga kelishiga yo‘l qo‘ygan.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «Toshissiqquvati» DUK Yunusobod tumani issiqlik tarqatish bo‘limi mas’ullari suv hisoblagichlarning sertifikatlari tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazmaganligi ma’lum bo‘lgan.
Shuningdek, markazlashgan bazaga ma’lumotlar o‘z vaqtida kiritilmaganligi oqibatida 61ta iste’molchi tomonidan 110,5 mln so‘mlik noreal qarzdorlik vujudga kelishiga yo‘l qo‘yganligi, shu bilan birga, 31 mln so‘m muddati o‘tgan debitor qarzdorlikni undirish choralari ko‘rmasdan kelayotganliklari natijasida davlat manfaatlariga zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter