Nikoh bekor qilingandan so‘ng er sobiq rafiqasini uy bilan ta’minlashga majburmi?
AOKAda Adliya vazirligi Axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda aholidan tushgan savollarga javob qaytarildi.
Xorijiy davlatlarda olgan haydovchilik guvohnomalari bilan O‘zbekiston hududida avtomototransport vositasini boshqarish mumkinmi?
Yo‘q. O‘zbekiston fuqarolari uchun O‘zbekiston hududida faqat milliy haydovchilik guvohnomalari avtomototransport vositalarini boshqarish uchun haqiqiy hisoblanadi.
Boshqa xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning hamda O‘zbekiston fuqarolarining xorijiy davlatlarda olgan haydovchilik guvohnomalarini milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirishdan oldin ular YHXBB orqali Tashqi ishlar vazirligida tekshiriladi. Tekshirish natijasida haydovchilik guvohnomalari tasdiqlangan shaxslarning haydovchilik guvohnomasi, ular tibbiy ko‘rikdan o‘tib, nazariy va amaliy imtihonlarni topshirganlaridan so‘ng, milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtiriladi.
Nikoh bekor qilinganidan so‘ng sobiq turmush o‘rtog‘im meni turar joy bilan ta’minlanishga majburmi?
Oila kodeksining 23-moddasiga muvofiq, er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek nikoh qayd etilgunga qadar, bo‘lajak er-xotinning umumiy mablag‘lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi.
Agar Sizning eringiz bilan umumiy mulkingizda turar joy mavjud bo‘lsa, sud orqali eringizdan turar joyga bo‘lgan o‘z hissangizni ajratib berish haqida da’vo qilishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter