Namanganda 4 kunda ikki advokat qo‘lga tushdi
Namanganda to‘rt kunda ikki advokat qo‘lga tushadi. Ikkisi ham suddagi ishlarni o‘sha yerda ishlaydigan tanishlari orqali ijobiy hal qilib berish evaziga fuqarolardan pul talab qilgani aytiladi.
Mazkur voqeliklarni «Xabar.uz»ning viloyat prokuraturasi va sudidagi manbalari tasdiqladi.
Birinchi holatda advokat A.Yu. Namangan tumanlararo ma’muriy sudida ko‘rilayotgan ishni sud xodimlari orqali ijobiy hal qilib berish evaziga ish bo‘yicha tarafdan 12.000 AQSh dollari talab qilib, shundan 7000 AQSh dollarini olayotgan paytda daliliy ashyolar bilan qo‘lga olinadi.
Ikkinchi holatda yana bir mahalliy advokat A.N. fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudida ko‘rilayotgan nikohni bekor qilishga oid ish bo‘yicha (taraflarga beriladigan) 6 oylik muddatni uch oyga qisqatirib berish evaziga talab qilgan pulni olayotganda ushlanadi.
Ayni paytda har ikki holat yuzasidan firibgarlik va pora berishga urinish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter