Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda 14 000 AQSh dollari so‘ragan fermer ushlandi

Namanganda 14 000 AQSh dollari so‘ragan fermer ushlandi

Namanganning Yangiqo‘rg‘on tumanidagi fermer xo‘jaligi rahbari M. X. jinoyat ustida qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Aytilishicha, u fuqaro I.T.ning ishonchiga kirib, unga xo‘jalikning 10 gektar ochiq yer maydonida bog‘dorchilik tashkil etish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 14 000 AQSh dollari talab qilgan. Shundan 5000 AQSh dollari va 50,0 mln. so‘mni olib, pul olganligi haqida tilxat yozib bergan paytda ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Fermerga nisbatan firibgarlik va pora berishga suiqasd qilish alomatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring