Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Masjid qurilishi uchun yig‘ilgan pullar o‘zlashtirildi

Masjid qurilishi uchun yig‘ilgan pullar o‘zlashtirildi

Foto: «Xabar.uz»

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida qurilishi rejalashtirilgan «Jome’ masjid» uchun ochilgan bank kartasidan pullar o‘g‘irlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, bank kartasi ma’lumotlarini ehson qiluvchilarga  tarqatish uchun telegram messenjerida e’lon qoldirgan. Shundan so‘ng o‘zini Rossiya Federatsiyasida ishlovchi ayol sifatida tanishtirgan shaxs 150 AQSh dollari miqdoridagi pullarni ehson qilmoqchi ekanligini bildirib, bank karta boshqaruvi uchun kelgan SMS-xabarni qo‘lga kiritish orqali mavjud 73.400.000 so‘m pullarni o‘zlashtirib olgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan viloyati Kosonsoy tumanida yashovchi 1996 y.t., E.A. va uning jinoiy sherigi Toshkent shahar Sergeli tumanida yashovchi 2002 y.t. N.J.lar sodir etganligi aniqlangan.

Jinoyatchilarga nisbatan O‘zR. JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring