Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marg‘ilonda usta o‘zi ishlayotgan uyni tunadi

Marg‘ilonda usta o‘zi ishlayotgan uyni tunadi

Foto: «Sklad-rion24.ru»

1-noyabr kuni Tut tagi MFY  hududida yashovchi M.F. IIBga murojaat qilgan. Unda 31-oktyabr kuni soat 16:30 larda noma’lum shaxs yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, xonadon mehmonxonasidagi javondan 2.000.000 so‘m pulni yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni K.T. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dastlabki tergov harakatlari davomida gumon qilinuvchi K.T. jabrlanuvchi M.F.ning yashash xonadonida usta bo‘lib ishlaganligi va jabrlanuvchi uy yumushlari bilan chalg‘igan vaqtida mehmonxonasidagi javondan 2.000.000 so‘m pulni yashirin ravishda o‘g‘irlaganligi sababli jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismiga qayta malakalangan.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring