Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marg‘ilonda avtomaktab ustasi ushlandi

Marg‘ilonda avtomaktab ustasi ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti

Marg‘ilon shahrida 15 kun ichida haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan avtomaktab ustasi ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Marg‘ilon shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «P.A.» MChJga qarashli avtomaktab katta ustasi T.X. fuqaro N.ga o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan 15 kun ichida haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 350 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring