Maoshsiz qolgan YHXB xodimlariga ish haqi to‘lab berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati IIBB JXX YHXB xodimlarining ayrimlari oylik maoshni o‘z vaqtida olmaganliklari haqida xabar tarqaldi.
Ma’lum qilinishicha, holat tasdiqlangan va bir necha oy maoshsiz qolgan xodimlarga ish haqi to‘lab berilgan.
«Mazkur holat shaxsan Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i B.Abdullayev hamda YHXX boshlig‘i O.Saidovlar tomonidan nazoratga olinib, kechiktirilgan maoshlar bugunning o‘zida xodimlarga to‘lab berilishi ta’minlandi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter