Maktab o‘quvchisi «PUBG Mobile» akkauntini 7.000 AQSh dollariga sotib olmoqchi edi. Jabrlangan uning otasi bo‘ldi
Toshkent shahrida yashovchi, maktab o‘quvchisi 2008 y.t., A.I., Telegram messenjerida «Venom Reseller» nomli profil foydalanuvchisi bilan yozishib, «PUBG Mobile» o‘yini akkauntini 7.000 AQSh dollariga sotib olmoqchi bo‘ladi.
Kelishuv amalga oshgach, bola otasining nomidagi bank kartasi orqali pullarni firibgarning bank kartasiga bo‘lib bo‘lib o‘tkazib bergan.
Kiberxavfsizlik markazi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, «Venom Reseller» nomli profil foydalanuvchisi Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi, maktabning 10-sinf o‘quvchisi, 2006 y.t., T.J. ekanligi, u o‘zidan 2 yosh katta mahalladoshi G‘.Sh. bilan A.I.ning ishonchiga kirib, uni aldab, jami 61 million so‘m pullarni qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi fosh etildi.
T.J. va G‘.Sh.dan bir dona «IPhone» telefoni va 10 million so‘mga yaqin pullarga xarid qilgan kiyim-kechaklari ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qonunga muvofiq, T.J. va G‘.Sh.lar tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter