Litsey direktori o‘rinbosari 5 mln so‘m bilan ushlandi
![Litsey direktori o‘rinbosari 5 mln so‘m bilan ushlandi](https://static.xabaruz.com/crop/7/2/720_460_95_72340650.jpg)
Surxondaryo viloyati, Angor tumanida akademik litseyga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan direktor o‘rinbosari ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Angor tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Termiz davlat universiteti qoshidagi akademik litsey direktori o‘rinbosari Q.A. fuqaro G.ning o‘g‘lini ushbu litseyga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter