Kattaqo‘rg‘onda katta hamshira qo‘lga tushdi
Kattaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasidagi firibgarlik holati aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Kattaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi katta hamshirasi S.Sh. yuqumli kasalliklar bo‘limini 6 nafar hamshirasining ish stavkasiga 0,25 stavkadan qo‘shtirib berish evaziga ularning 2 200 AQSh dollari va 1,1 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, S.Sh. tomonidan 800 AQSh dollarini qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter