Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantin vaqtida yolg‘iz qariyaga zo‘ravonlik qilgan shaxs qamoqqa olindi

Karantin vaqtida yolg‘iz qariyaga zo‘ravonlik qilgan shaxs qamoqqa olindi

27-mart kuni taxminan soat 13:00 larda muqaddam bir necha marotaba sudlangan 53 yoshli R.A., Quyichirchiq tumani, «Surum» mahallasida yashovchi 70 yoshli pensioner G.Ye.ning uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kiradi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti axborot xizmati xabariga ko‘ra, zo‘ravon puli yo‘qligini aytgan G.Ye.ning qo‘llaridan tortib, yotoqxonasidagi yostig‘i tagida bo‘lgan 700.000 so‘m pullarni ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Quyichirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan R.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi «b» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, R.A.ga ayb e’lon qilingan va «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring