Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kam ta’minlangan fuqarolarga ajratilgan mablag‘lar talon-toroj qilinganligi aniqlandi

Kam ta’minlangan fuqarolarga ajratilgan mablag‘lar talon-toroj qilinganligi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «A.A.» ishlab chiqarish kooperativi rahbari  I.A. Asaka tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi mas’ul shaxslari bilan oldindan til biriktirib, tumandagi 50 nafar kam ta’minlangan va ishsiz fuqarolarning imzolarini soxtalashtirib, budjetdan ajratilgan 111,5 million so‘m subsidiya mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan I.A., markaz mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring