Ijtimoiy nafaqalar qanday hollarda to‘xtatib qo‘yilishi bo‘yicha ma’lumot berildi
AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda aholidan tushgan savollarga javob berildi.
Men 3 hafta davomida paxta yig‘im-terimida ishlab pul topdim. Menga mahalla tomonidan kam ta’minlangan oilalarga to‘lanadigan ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam pullari to‘xtatib qo‘yilishini aytishdi. Mazkur holat qonuniymi?
«Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 38-bandida bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam to‘lash qachon va qanday hollarda to‘xtatilishi belgilab quyilgan.
Bular:
• to‘lovning qonun hujjatlarida belgilangan muddati tugagan;
• bolalar bolali oilalarga nafaqa va bola parvarishi bo‘yicha nafaqa olish huquqini istisno etuvchi yoshga to‘lgan;
• bola parvarishi bo‘yicha nafaqa oluvchi ona ishga chiqqan;
• doimiy yashash joyi o‘zgargan;
• fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan oilaning ushbu to‘lovlarga ehtiyojmandligi yo‘qligidan dalolat beruvchi holatlar aniqlangan;
• fuqarolar yig‘inining (Komissiyaning) tegishli to‘lovlarni tayinlash to‘g‘risidagi qaroriga ta’sir ko‘rsatgan buzilgan va ishonchsiz ma’lumotlar aniqlangan hollarda.
Demak, mazkur holatda MFY tomonidan sizing paxta terimida topgan moddiy mablag‘ingizni asos qilgan holda ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam pullari to‘xtatib qo‘yilishi mumkin emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter