Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kadastr agentligining Yangiyo‘l tumani bo‘limi boshlig‘i qo‘lga tushdi

Kadastr agentligining Yangiyo‘l tumani bo‘limi boshlig‘i qo‘lga tushdi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Kadastr agentligining Yangiyo‘l tumani bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi tadbirkordan pora talab qilib olayotganda ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Kadastr agentligining Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tuman bo‘limi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi S.J. «R.M.» MChJ tomonidan qurilgan «Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor» shoxobcha binosining kadastr hujjatlarini tayyorlab berishi evaziga, jamiyat rahbaridan 10 tonna sement olib berishni talab qilib, sementni bozor narxida o‘rtacha 10 mln so‘mga hisoblab, dastlab «Cobalt» rusumli avtotransport vositasi uchun akkumulyator hamda 500 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan S.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring