Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahongirning ishi Oliy sudda ko‘riladi

Jahongirning ishi Oliy sudda ko‘riladi

Joriy yil 8 may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani sudining tegishli hukmi bilan Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti talabasi 21 yoshli Jahongir Ulug‘murodov 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

U mazkur jinoyat ishi doirasida 10-15 nafar sinfdoshi bo‘lgan Telegram messenjeridagi guruhga taqiqlangan nashid – «terroristik ruhdagi qo‘shiq»ni ulashishda ayblangan.

17 iyul kuni Toshkent viloyat sudida mazkur jinoiy ish appelyasiya tartibida ko‘rib chiqildi va avvalgi hukm o‘zgarishsiz, shikoyatlar esa qanoatlantirilmasdan qoldirildi.

Aziz Abidovning ma’lum qilishicha, Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining ish yurituviga J.U. (2002 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan)ga nisbatan chiqarilgan jinoyat ishlari bo‘yicha Oqqo‘rg‘on tuman sudining 2023 yil 8 maydagi hukmi va Toshkent viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasining 2023 yil 17 iyuldagi ajrimi) ustidan sudlangan J. U. ning advokati A. Abdullayev tomonidan berilgan kassatsiya shikoyati kelib tushgan.

«Ayni paytda ushbu shikoyat belgilangan tarzda o‘rganilib, kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish uchun rasmiylashtirilmoqda», deyiladi Oliy sud matbuot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring