Jahongir Otajonovga nisbatan sud ishi ko‘rib chiqildi
2021-yil 26-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida sudya Temurjon Yusupov raisligida Jahongir Otajonovga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik ishi ko‘rib chiqilgan. Bu haqda Toshkent shahar sudlarining rasmiy kanali xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Jahongir Otajonov 2021 yil 27 iyun kuni Toshkent shahar, Shayxontohur tuman hududida ijtimoiy tarmoq orqali Toshkent shahar IIBB YHXB xodimi Sh.Sayfuddinov va boshqa IIO FMB xodimlarini har xil sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi so‘zlar bilan haqorat qilganligi yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Sud majlisida huquqbuzar «aybiga iqrorligini, qilgan ishidan pushaymonligini, o‘ziga tegishli xulosa qilgani»ni aytib, IIO FMB xodimlaridan kechirim so‘raganini ma’lum qilgan va suddan yengillik berishni so‘ragan.
Sud davomida sobiq xonandaning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud deb topilgan.
Sud Jahongir Otajonovga ma’muriy jazo tayinlashda, ish hujjatlari bilan tanishib, huquqbuzarning ko‘rsatmalarini tinglab, uning shaxsini, aybiga iqrorligini va pushaymonligini, o‘ziga tegishli xulosa chiqarganligini inobatga olib, uni MJtKning 21-moddasiga asosan javobgarlikdan ozod qilib, ogohlantirish bilan kifoyalanishni lozim topgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter