Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi qanday vazifani bajaradi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan ilgari surilgan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan.
Davlatimiz rahbari tomonidan so‘nggi yillarda bu masalada qabul qilingan bir qator normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosi bilan bog‘liq asosiy jihatlar qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida ham o‘zining aniq ifodasini topdi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizga asosan har kimga nafaqat o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish huquqi, balki buzilgan huquqlarni tiklash uchun uning ishi qonunda belgilangan muddatlarda vakolatli, mustaqil va xolis sud tomonidan ko‘rib chiqilish huquqi kafolatlandi.
Bunday konstitutsiyaviy norma esa jahon andozalariga, xalqaro standartlarga to‘lig‘icha monand bo‘lib hisoblanadi.
Sud hokimiyatining va shu bilan birga sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan talablar yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 23-bobida mustahkamlangan bo‘lib, ular tomonidan odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga biror-bir tarzda aralashish imkoniyatini ta’qiqlaydi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.01.2023 yildagi “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-11-son Farmoni qabul qilingan bo‘lib, mazkur Farmon bilan prokuratura organlari zimmasiga bir qator vazifalar yuklatilgan.
Mazkur Farmonda odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda ularning asosiy vazifalari etib quyidagilar, ya’ni:
- qonunchilikda belgilangan tartibda sudlarda ishlarni ko‘rishda prokuror vakolatini ta’minlash;
- sud protsessining boshqa ishtirokchilari bilan teng huquqlardan foydalangan holda odil sudlov faoliyatining samarali amalga oshirilishiga ko‘maklashish, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda davlat ayblovini faqat qonunga asoslanib, xolislikni saqlagan holda sifatli qo‘llab-quvvatlash;
- fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari sud yo‘li bilan samarali himoya qilinishiga erishish;
- sud amaliyotidan kelib chiqqan holda surishtiruv va tergov organlari xodimlarining amaliy ko‘nikmalari hamda malakasini oshirish ishlariga ko‘maklashish belgilangan.
Mazkur Farmonga asosan Bosh prokurorning sohaviy buyrug‘i qabul qilinib, unga ko‘ra, Bosh prokuraturaning jinoiy, fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash boshqarmalari: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalarining shu yo‘nalish bo‘yicha tegishli bo‘lim va tarmoqlari; tuman (shahar) prokurorlarining ushbu yshnalish bo‘yicha o‘rinbosarlari va yordamchilari Odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha ixtisolashgan prokurorlar korpusi etib belgilandi.
Ixtisolashgan prokurorlar korpusi xodimlari o‘z vakolatlarini har qanday organ va mansabdor shaxsdan mustaqil ravishda, faqat qonunga bo‘ysunib amalga oshiradi hamda qonunchilikda nazarda tutilgan hollardan tashqari ularning sudda ishtiroki bilan bog‘liq faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Endilikda sud ishlarini yuritishda prokuratura inson va fuqaro huquqlari, davlat va jamiyat manfaatlari himoyachisi sifatida yangicha huquqiy maqomda faoliyat yuritadi.
Shu bilan birga, prokuratura organlari tomonidan mazkur Farmon hamda Murojaatnomada belgilangan vazifalarga asosan mamlakatda inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, sud-huquq tizimida adolat o‘rnatish hamda odil sudlovni ta’minlash bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilishi davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter