Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

Ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.A. fuqaro M.Sh.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 1 500 AQSh dollari evaziga tuman tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirib qo‘yishini aytib, ushbu pullar hisobidan 18,5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Pop tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.I. fuqaro T.U.ning ishonchiga kirib, uning farzandini «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga qarashli Pop tuman temir yo‘l korxonasiga ishga joylashtirib qo‘yishi evaziga 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring