Interpol qidiruvida bo‘lgan o‘zbekistonlik Seulda qo‘lga olindi
Interpolning Toshkent va Seuldagi MMBlari hamkorligida olib borgan harakatlari tufayli xalqaro qidiruvda bo‘lgan jinoyatchini deportatsiya qilish masalasi hal etildi, deb xabar berdi IIV Axborot xizmati.
Interpolning Toshkent va Seuldagi MMBlarining uchrashuvlar chog‘idagi avvalgi kelishuvlari asosida ekstremistik mavzudagi materiallarni tarqatishda ayblanayotgan xalqaro darajadagi qidiruvda bo‘lgan jinoyatchini topshirish tadbiri amalga oshirildi.
Qidiruvdagi shaxs chet el davlatining telefon raqamidan foydalanib, yangi profil yaratgan, turli ijtimoiy tarmoqlar orqali O‘zbekistonda taqiqlangan diniy-ekstremistik tashkilotlar, g‘oyalar va audiomateriallarni tarqatgan.
O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi xodimlari hamda Interpolning Toshkent va Seuldagi MMBlari hamkorligida amalga oshirilgan tezkor harakatlar natijasida jinoyatchi O‘zbekiston huquq-tartibot idoralariga topshirish uchun chiqarib yuborildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter