IIB muassasasida o‘smir vafot etgani ortidan 2 nafar xodim ishdan bo‘shatildi
Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahridagi IIB binosida 15 yoshli bola vafot etgani xabar berilgandi.
Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasining rasmiy munosabat bildirishicha, mazkur voqea yuzasidan 2 nafar ichki ishlar organi xodimi ishdan bo‘shatilgan.
Voqea sodir bo‘lgan kunda navbatchilik qilgan 2 nafar IIO xodimi tarbiyalanuvchilarni nazoratsiz qoldirib, janjalni oldini olmaganligi uchun IIO safidan bo‘shatilib, xodimlarga nisbatan to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rishlik uchun viloyat prokuraturasiga taqdim qilingan.
Hozirda holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.
Avvalroq Bolalar ombudsmani Farg‘onadagi IIB binosida vafot etgan 15 yoshli o‘smir voqeasini joyiga borib o‘rgangani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter