Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini kelishish tartibi soddalashtirildi

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini kelishish tartibi soddalashtirildi

Foto:«Chamber.uz»

Adliya vazirining buyrug‘i bilan Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Hujjatga muvofiq, idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini kelishish tartibi soddalashtirildi.

Xususan, endilikda boshqa idoralar bilan kelishib qabul qilingan idoraviy qonun hujjatlarga kiritilayotgan o‘zgartirishlarni shu idoralarning barchasi bilan kelishish shart emas.

O‘zgartirishlar kiritishda, hujjat qabul qilinishida kelishilgan idoralardan qaysi birining manfaatlariga (vakolatlariga) daxl qilsa, o‘sha idoraning roziligi olinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring