Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Hokimlarning bilimsizligi yoki korrupsiyaning asosi bu» — Prezident hokimlarning minglab qarorlari bekor bo‘lganini gapirdi

«Hokimlarning bilimsizligi yoki korrupsiyaning asosi bu» — Prezident hokimlarning minglab qarorlari bekor bo‘lganini gapirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ayni vaqtda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaat qilmoqda.

Xabar.uz muxbiri xabar berishicha, prezident endi barcha davlat organlari rahbarlarining qaror qabul qilish jarayonlari ochiq bo‘lishi ta’minlanishini aytib o‘tdi.

«Bitta raqamga e’tibor beringlar, oxirgi ikki yilda hokimlarning 2 yarim mingga yaqin qarori sudlar tomonidan bekor qilingan. Bundan buyon ularning qaror qabul qilishida ochiqlik ta’minlanadi. 2 yarim ming qaror bekor qilingan. Bu yo bilimsizlik yoki korrupsiyaning asosi bo‘lgan. Shuning uchun mahalliy davlat hokimiyati idoralarining qarorlarini hisobga qo‘yish va e’lon qilish bo‘yicha elektron axborot tizimi joriy qilinadi», — dedi prezident.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring